Osiyo şaxmat federatsiyasi tomonidan ötkazib kelinayotgan an'anaviy “2nd Annual Asian Chess Excellence Awards” premiyasining “Yil kişisi” nominatsiyasi ğolibi sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov e'tirof etildi.

Bu haqidagi rasmiy tabrik maktubi Özbekiston şaxmat federatsiyasiga kelib tuşgan:

“We are pleased to inform you that Asian Chess Federation president Sheikh Sultan bin Khalifah Al Nahyan announced the other day at a press conference for the 2nd Annual Asian Chess Excellence Awards that the Man of the Year Award goes to His Excellency President Islam Karimov of Uzbekistan”.

Osiyo şaxmat federatsiyasi prezidenti Şayx Sulton bin Halifa Al Naxyon bu yangilikni rasman e'lon qildi. Xabarga mos tarzda suratlar ham ilova qilinib, unda Şayx Sulton federatsiya boş kotibi Xişam Al-Toxir bilan birga nominatsiya ğolibiga taqdim etiladigan mukofotni namoyiş qilişgan.

Uşbu nominatsiya böyiça mukofot mamlakatda şaxmatga qaratilayotgan e'tibor, bolalar sporti, xususan şaxmatga berilayotgan ğamhörlik, yaratilayotgan şaroitlar va doimiy qöllab-quvvatlaşni ta'minlayotganlar uçun topşiriladi.

“Asian Chess Excellence Awards” premiyasi ötgan yili ta'sis etilgan bölib, ilk ğoliblarni taqdirlaş marosimi 2014 yilning 25 iyul kuni BAAning Al-Ayn şahrida bölib ötgan edi. Öşanda “Yil kişisi” nominatsiyasida ğoliblik BAAning Şarja şahri amiri Şayx Muhammad Al Qosimiga nasib etgandi", deyiladi olamsport.uz sayti xabarida.