«Özbekiston Respublikasida 2015 yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi» ijrosini ta'minlaş maqsadida «Özbekkino» Milliy agentligi hamkor taşkilotlar bilan birga «PROlogue» – yoş kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Respublika festivalini taşkil etiş böyiça işlarni davom ettirmoqda.

«Yoşlar haftaligi» doirasida 2015 yilning 16-21 noyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan «PROlogue» festivalini tanitiş, tarğibot va taşviqot işlarini olib boriş maqsadida «Özbekkino» Milliy agentligi tadbir logosini işlab çiqiş böyiça tanlov e'lon qiladi. Bu haqda agentlik saytida ma'lum qilingan.

Mazkur tanlovda barça xohlovçilar iştirok etişi mumkin. Ğoyalar va loyihalar orasidan eng yaxşisi saralab olinadi hamda ğolib rağbatlantiriladi. Tanlov natijalari «Özbekkino» Milliy agentligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Ijodiy işlar 2015 yil 1 avgustga qadar [email protected] manziliga yuborilişi lozim.