Boks böyiça super oğir vazn toifasining uçta yönalişi çempioni ukrainalik Vladimir Kliçko Germaniyaning RTL telekanali bilan şartnomasini uzaytirdi. Bu haqda DRA agentligi kanal rahbariyati bergan ma'lumotlarga tayanib xabar bermoqda.
Kelişuv 2016 yil sönggiga qadar amal qiladi va beşta Kliçko jangini öz içiga oladi. Şartnomaning moliyaviy şartlari oşkor qilinmayapti.
OAVlarda yozilişiça, hozirda amalda bölgan şartnoma ham beşta jangga tuzilgandi va har bir jang uçun ukrainalik boksçi 3 mln yevro miqdorda mukofot puli olib kelgan.
Kliçkoning navbatdagi jangi britaniyalik Tayson Fyuriga qarşi 2015 yilning 24 oktabrda Germaniyaning Dyusseldorf şahrida bölib ötadi. Ukrainalik boksçi jangda WBO, WBA, IBF yönalişlari kamarini himoya qiladi.






