2016 yilda dunyoda sotiladigan har uçinçi smartfon ikki sim kartaga ega böladi. Strategy Analytics tadqiqot kompaniyasi şunday prognoz bermoqda.
Tahlilçilar 2015 yilda ikki sim kartali smartfonlar dunyo miqyosidagi savdosi ötgan yilga nisbatan 19 foizga oşib, 431 donani taşkil qilişini aytişmoqda. 2016 yilda dunyo böylab sotiladigan 1,6 mlrd smartfondan 514 mln donasi aynan ikki sim kartali smartfonlarga töğri keladi.
Ayni paytda ikki sim kartali qurilmalar Xitoy va Hindistonda katta miqdorda sotilmoqda. Bunday smartfonlarga yuqori talab uşbu qurilmalarning maqbul tariflardagi telefon aloqasi va mobil internet bilan bir vaqtda foydalaniş imkoniyatini berişi bilan boğlangan. Bundan taşqari, ikki sim kartali smartfonlar roumingda tejaşga imkon beradi va foydalanuvçini şaxsiy va işçi maqsadlarda turli telefonlardan foydalaniş zaruratidan xalos etadi, deb tuşuntirmoqda Strategy Analytics tahlilçisi Linda Sui.
Mutaxassislarning qayd etişlariça, Samsung Electronics, Lenovo va Micromax kabi yirik smartfonlar işlab çiqaruvçilari ikki slot va ikki sim kartaga ega Android-modellarni faol tarzda ilgari surayotganlari vaqtida, Apple hanuzgaça 500 mln.ga yaqin qurilmaga ega uşbu smartfon bozorini öz nazaridan çetda qoldirmoqda.






