Elephone kompaniyasi 25 iyuldan Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida işlaydigan P6000 Pro smartfonini sotuvga çiqaradi.
Qurilmada Mediatek MT6753 protsessori qöllangan. Bu çip 1,5 GGts takt çastotasida işlovçi ARM Cortex-A53 arxitekturasiga ega 8 ta hisoblaş yadrosidan taşkil topgan. Grafik tizimga ARM Mali-T720 kontrollyori javob beradi.
Yangi smartfon 2 va 3 Gb tezkor xotiraga ega modifikatsiyalarda taklif qilinadi. Smartfonning fleş-xotirasi 16 Gb ni taşkil qiladi, xotirani 128 Gb gaça oşirişga imkon beruvçi microSD-kartasi uçun slot mavjud.
Smartfon 5-dyuymli 1280 × 720 nuqta körsatiş qobiliyatiga ega displey bilan jihozlangan. Smartfon 2 va 13 Mp li kameralar, Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 4.0 simiz aloqa adapterlari, GPS yöldoşli navigatsiya tizimi qabul qilgiçi hamda standart töplamdagi datçiklarga ega.
Smartfon mijoz tomon 150 Mbit/soniya tezlik bilan ma'lumotlarni uzatuvçi LTE Cat.4 4-avloddagi mobil tarmoqlar işini qöllab-quvvatlaydi. Smartfon 2700 mA•soat hajmga ega akkumulyator batareyalaridan quvvatlandi. Smartfonning ölçamlari 144,5 × 71,6 × 8,9 mm ni, oğirligi 165 grammni taşkil qiladi.
Elephone P6000 Pro smartfonini 120 dollarga sotib oliş mumkin.






