Gretsiya terma jamoasi boş murabbiyi Serxio Markaryan işdan böşaş haqida ariza yozdi.

70 yoşli uşbu urugvaylik mutaxassis 2015 yilning 12 fevralida Gretsiya terma jamoasi boş murabbiyi sifatida tayinlangandi.

Uning rahbarligida 5 oy davomida greklar Yevro-2016 saralaşi doirasida 2ta öyin ötkazişdi. Vengriya bilan öyinda 0:0 hisobida durang natija qayd etilgan bölsa, Farer orollari terma jamoasiga 1:2 hisobida mağlub bölindi. Saralaş bosqiçida F guruhidan joy olgan Gretsiya ayni vaqtda 6 turdan söng 2 oçko bilan eng sönggi örinni egallagan.

"Men Gretsiya terma jamoasini juda qiyin davrda boşqardim. Menga bunday mas'uliyatli vazifa işonib topşirilgani uçun öz minnatdorçiligimni bildiraman. Men ilk kundanoq çin dildan mehnat qildim, futbolçilar ham barça aytganlarimni bajarişga harakat qilişdi.
Muxlislardan uzr sörayman. Ular bildirgan işonçni oqlay olmadik, körsatgan natijalarimiz juda yomon böldi", deb bayonot berdi Markaryan.

Qayd etiş joizki, Gretsiya futbol federatsiyasi hali uning iste'fosini qabul qilmadi.