Turkiya milliy razvedka taşkiloti mamlakat huquq-tartibot muassasalari xodimlarini mamlakatda tayyorlanayotgan teraktlar haqida bir neça marta ogohlantirgan. Bu haqda Hurriyet Daily News gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning ma'lumotlariga köra, turk razvedkasi mamlakat hududiga “IŞID” terrorçilik taşkilotining 7 nafar jangarisi Suriyadan kirib va mamlakatda bir qator teraktlar amalga oşirmoqçi bölgani haqidagi ma'lumot ega bölgan. Gumon qilinuvçilarning ismlari, ular orasida 3 nafar ayol ham bölgan, xavfsizlik xizmatlariga topşirilgan.

Naşrning ta'kidlaşiça, uşbu holat yuzasidan bir qator şaharlarda, jumladan Istanbul, Anqara, Konyu, Izmir va Şonliurfda terrorçilarni qölga oliş böyiça maxsus operatsiyalar ötkazilgan. Biroq, oxirgi ma'lumotlarga köra, politsiyaçilar barça terrorçilarni uşlaşga va bartaraf etişga muvaffaq böla olmaganlar.