Turkiyada 21 iyul kuni mamlakatning Şonliurf viloyati Suruç uyezdida sodir etilgan teraktda halok bölgan 32 kişidan 5 nafarining dafn marosimi bölib ötdi. Mahalliy televideniyening ma'lum qilişiça, uşbu 5 nafar qurbonning jasadlari sud-tibbiyot ekspertizasidan keyin ularning yaqinlariga topşirilgan va qurbonlar qayerdan bölsalar, öşa joyga yetkazilganlar.
Qolgan qurbonlarning jasadlari ham qonun böyiça zarur bölgan tartibotlardan keyin öz yaqinlariga topşiriladi. Dafn marosimlari katta sondagi mahalliy fuqarolar iştirokida bölib ötdi, ular terrorçilikka qarşi norozilik yurişi ötkazdilar.
Terrorçilikka qarşi norozilik namoyişlari mamlakatning boşqa yirik şaharlarida ham bölib ötdi. Mamlakatning bir qator viloyatlarida yaqin kunlarga rejalaştirilgan barça köngiloçar tadbirlar bekor qilindi.






