Turkiya hukumati Suruç şahridagi teraktdan keyin boşlangan voqealar tufayli tvitter ijtimoiy tarmoğini yopib qöydi.
Bu qaror tarmoqda turli joylarda yuz berayotgan namoyişlarning suratlari paydo bölişidan keyin qabul qilingan.
Ayni vaqtda Turkiyaning bir qança şaharlarida hukumat siyosatidan norozi kişilar namoyişlarga çiqişmoqda.
Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Turkiyaning Suriya bilan çegarasi yaqinidagi Suruç şahrida terakt amalga oşirildi va 32 kişi halok böldi. Namoyişçilar bunda Turkiya hukumatini ayblamoqda.






