AQŞning Pensilvaniya ştatida yaşovçi er-xotin Jyenn va Fil Tompkins tuxum qöyuvçi tovuqlarni ijaraga berişni taklif qilmoqdalar va bu xizmat tuxum narxining kötarilişi ortida ommalaşib ketdi. Reuters axborot agentligining xabar berişiça, juftlik öz biznesini 2013 yilning boşida boşlagan. Ayni paytga kelib AQŞ va Kanadadan 200 ga yaqin kişi Tompkinslarning mijozlari hisoblanadilar.
AQŞda tuxum narxining kötarilişi bilan RentTheChicken.com deb nomlangan bu loyihaga qiziqiş ortib ketdi. Iyun oyida tuxum narxi parranda grippi epidemiyasi tufayli 85 foizga kötarilib ketdi. Epidemiya davomida butun AQŞ böylab millionlab tovuqlar yöq qilindi.
Tovuqning ijaraga berilişi mijozning yaşaş joyiga qarab 400 dollarga yaqinni taşkil qiladi. Tompkinslar ikkita tuxum qöyuvçi tovuq hamda unga qöşimça ravişda tovuqxona va yöriqnomani yilning 4 issiq oyidan 6 oyigaça ijaraga beradilar. Odatda tovuqlar haftasiga 8-14 ta tuxum qöyadi. Ijara muddati oxirida mijozlar tovuqlarni sotib olişlari mumkin böladi.
Qayd etilişiça, AQŞda oxirgi yillarda şunday xizmat turlari köpayib ketgan.






