"Keksalarni e'zozlaş yili" Davlat dasturida özbek xalqining keksalarni e'zozlaş böyiça köp asrlik qadriyatlari va an'analarini aks ettiradigan töliq metrajli badiiy film yaratiş, şu bilan birga,  mazkur xayrli işni davom ettirgan holda har yili boş qahramonlari keksalar bölgan kamida bitta badiiy film işlab çiqariş vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifalarni bajariş maqsadida "Özbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga muvofiq "San'at-ma'no" kinostudiyasida tasvirga olinayotgan komediya janridagi "Barakasini bersin" badiiy filmini işlab çiqariş jarayoni yakuniy bosqiçga kirdi.

Farhod Xudoyberdiyev rejissyorlik qilayotgan mazkur filmda özbek xalqiga xos bölgan halollik, bağrikenglik, keksalarni hurmat va izzat qiliş, ardoqlaş, ularning boy hayotiy tajribalari asosidagi nasihatlariga quloq tutiş, duoi fotihalarini oliş kabi ezgu fazilatlar hamda tarixiy qadriyatlarimiz haqida hikoya qilinadi.

Kartina boş qahramonlari – Haydar buva bilan Şomirza kunlarning birida bozorda eçki sotadi. Kutilmaganda eçki yana Şomirzanikiga qaytib keladi. Aksiga olib, qahramonlar eçkini xarid qilgan odamning ismini ham, qaysi qişloqda yaşaşini ham söramagan.

Nima qilib bölsa-da özganing omonatini öziga qaytariş kerak – ular öylay-öylay qoçoq eçkining yangi egasini topiş niyatida yölga çiqadi. Bu jarayonda ikki qariya qiziq hangomalarni, kutilmagan voqealarni boşdan keçiradi...

Filmda Erkin Komilov, Farhod Abdullayev, Tolib Möminov, Rajab Adaşev, Mamasoli Yusupov, Jamila Ğofurova, Ilmira Rahimjonova kabi taniqli va yoş aktyor-aktrisalar suratga tuşdi. Hozirgi vaqtda filmning montaj işlari yakuniga yetib, ovozlaştiriş jarayoni davom etmoqda. Kartina taqdimoti 2015 yilning kuz faslida bölib ötişi rejalaştirilgan.