Krasnoyarsk ölkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy ölka zaxira fondidan 22 iyul kuni yuz bergan yirik yöl transport hodisasi qurbonlarining oilalariga 300 ming rubldan kömak ajratilişi haqida ma'lum qildi.

"Oxirgi ma'lumotlarga köra, YTH natijasida halok bölgan yölovçilarning barçasi Krasnoyarsk ölkasida yaşovçilar bölişgan. Faqat haydovçi Xabarovskdan edi. Biz uning oilasiga ham yordam beramiz", deydi Viktor Tolokonskiy.

Şuningdek, hodisa natijasida jarohat olib, şifoxonaga yotqizilganlar haqida ham ğamxörlik qilinadi va ularni qöllab-quvvatlaş uçun imkon doirasdagi barça çoralar köriladi.

Eslatib ötamiz, 22 iyul kuni Krasnoyarskdan Şaripovoga ketayotgan avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan hamda 11 kişi halok bölib, 44 kişi jarohatlangan.

Hodisa sababi hozirça örnatilmagan. Tekşiruv işlari davom etmoqda.

23 iyul kuni Krasnoyarsk ölkasida motam kuni sifatida e'lon qilindi.