Italiyadagi La Stampa naşrida yozilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskoniga Rossiya fuqaroligini hamda özining vaziri bölişni taklif qilgan.
Naşr varsiyasiga köra, Berluskoning özi bu haqda "Olğa, Italiya" partiyasi vakillarining Rimdagi Consolini restoranidagi uçraşuvi vaqtida aytib bergan.
"Öylaymanki, Italiyada meni siyosiy doiralarga siğdirişmadi. Putin esa menga Rossiya fuqaroligi va Iqtisodiyot vaziri lavozimini taklif qildi", degan Berluskoni.
Qayd etiş joizki, Rossiyada "Iqtisodiyot vaziri" lavozimi mavjud emas va Berluskoni öz gapi bilan nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritilmagan.
Biroz oldinroq, bu siyosatçiga poraxörlik uçun 3 yillik qamoq jazosi tahdid solayotgani haqida xabar berilgandi.






