Özbekiston rahbariyati IŞID tarkibiga özbekistonlik ayollarning qöşilib qolişiga qarşi jiddiy çora-tadbirlar körmoqda. Bu borada tuşuntiriş işlari olib borilmoqda, şuningdek, Suriya va Iroqqa ketib qolgan ayollarni ortga qaytarişga harakat qilinmoqda.
"IŞID" safida bölib, qaytib kelgan ayollar aytib berayotgan tafsilotlar ma'lum darajada boşqa ayollarni, jumladan, yoş qizlarni bunday xatti-harakatlardan ehtiyot bölişga çorlamoqda.
Nukuslik 25 yoşli Sora ismli qiz turkiyalik tanişiga işonib, Anqaraga uçib kelgan. Ikki oydan söng u ota-onasi bilan aloqalarni uzdi. 7 oydan söng u Turkiya çegaraçilari tomonidan Suriyaga ötişga harakat qilganida qölga olindi.
Bu kabi voqealar köp bora takrorlanmoqda. Özbekistonning tegişli organlari fuqarolarni ekstremistlar tarğibotidan ehtiyot bölişga çaqirmoqda.






