Ötgan haftada Facebook, Telegram va Whatsapp kabi ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan boğliq video tarqaldi.

“Darakçi” naşri bildirişiça, mazkur videoda töy sahnasida xoniş qilayotgan Nazarbekovning ustidan ikki boyvaçça pul soçayotgani, bunga nisbatan xonandaning qölini köksiga qöyib qulluq qilib turgani tasvirlangan. Uşbu holat tufayli xonanda yana tanqidlar nişoniga aylangan.

“Mazkur tasvirda Nazarbekov pul soçayotgan yigitlarni sahnadan turtib tuşirişi yoki ularning harakatiga e'tiroz bildirib, qarşilik körsatişi mumkin edi” deb yozadi şou biznes naşri.

Avvalroq xonanda O.Nazarbekov quşlar bilan bezatilgan antiqa taom oldida tuşgan surati tufayli isrofgarlikda ayblangan edi.