AQŞning Federal qidiruvlar byurosi xodimlari kattaroq maoş ilinjida xususiy IT-kompaniyalarga işga ötib ketmoqdalar, deb yozmoqda The New York Times naşri.
Oxirgi uç oy mobaynida FQBning 6 xodimi öz lavozimlarini tark etdilar. Ular axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvçi xususiy kompaniyalarga işga ötib ketganlar. Naşrning ta'kidlaşiça, xususiy firmalar ularga kattaroq maoş va xizmat pillapoyalarida istiqbolli kelajakni va'da qilmoqdalar. FQBda esa yuqori lavozimga kötariliş uçun belgilangan xizmat muddatini ado etiş talab etiladi, xususiy kompaniyalarda esa xizmatiga yaraşa lavozimi ham oşaveradi.
K2 Intelligence kompaniyasi FQBning sobiq xodimlarini işga yollovçi asosiy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya internetda ma'lumotlar oçiş bilan şuğullanadi. FQBning sobiq xodimlarining aytişiça, byurodan xodimlarning ketişi holati davom etaveradi.






