Janubiy Koreya politsiyasi 33 yoşli şaxsni Oq uyga AQŞning Seuldagi elçisi Mark Lippertni öldiriş bilan tahdid qilib, maktub yuborgani uçun hibsga oldi.
Renxap agentligi bergan xabarga köra, Seul politsiyasiga 14 iyul kuni AQŞning Seuldagi elçixonasidan şu masala böyiça murojaat kelib tuşgan.
Tergovda aniqlanişiça, uşbu şaxs Oq uyga şu maqsadini ifodalaş uçun ingliz tilida "almoyi-jalmoyi" gaplar bilan maktub yozgan.
Ayni vaqtda u öziga qöyilayotgan ayblovni tan olmagan.
Eslatib ötamiz, şu yilning 6 mart kuni Koreya birlaşuvi tarafdori bölgan 55 yoşli Kim Ki Çjon AQŞning Janubiy Koreyadagi elçisi Mark Lippertga 25 santimetrli piçoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazgan edi. Elçi kuçli qon ketişi bilan kasalxonaga yetkazilgan, u yerda uning jarohatiga 80 ta çok tuşirilgandi.






