Jizzaxda 2015 yilning birinçi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan faollar yiğilişida şu va boşqa sohalarda amalga oşirilgan işlar muhokama qilindi.

Jizzax viloyati hokimi S.Ismoilov boşqargan yiğilişda xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari deputatlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi.

Jizzax viloyatida joriy yilning ötgan olti oyida sanoat sohasida 94 yangi loyiha amalga oşirildi. Natijada qöşimça 46 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, mingdan ziyod yangi iş örni yaratildi.

Viloyatda avtomaşina tormoz kolodkalari, tikuv maşinalari, polipropilen quvur va fitinglar, vintel, aksessuar kabi 12 turdagi yangi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda.

Yiğilişda hisobot davrida barça sohalarda ösiş kuzatilgani ta'kidlandi. Yilning ötgan davrida işlab çiqarilgan 525,9 milliard sömlik sanoat mahsulotlarining 37 foizi hududiy korxonalar uluşiga töğri keldi.

Mahalliylaştiriş dasturi asosida 28,4 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 2,1 million dollar valyuta iqtisod qilindi. Hududiy korxonalar tomonidan hisobot davrida 35,7 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Hisobot davrida bandlik dasturi doirasida 24 mingdan ziyod yangi iş örni yaratildi. Iş örinlarining 77,5 foizi qişloq joylarda barpo etildi.

“Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida 85 milliard sömlik mablağ sarflanib, yoşi uluğ insonlarning turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, zarur qulayliklar yaratiş böyiça belgilangan tadbirlar amalga oşirildi.

Kiçik biznesni har tomonlama qöllab-quvvatlaş natijasida 690 yangi tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilib, ularning umumiy soni 9 ming 26 taga yetdi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga 192 milliard söm kredit mablağlari ajaratildi. Natijada 20 mingdan ziyod yangi iş örni yaratildi. Kiçik biznesning viloyat hududiy mahsulotidagi uluşi 63,2 foizni, aholi bandligida 80,3 foizni taşkil etdi.