"Manchester Yunayted" jamoasi özining sobiq futbolçisi Kriştianu Ronalduni "Real"dan qaytarib olib kelmoqçi.
Manchester Evening News naşrida yozilişiça, jamoa bu futbolçini transfer qilişi orqali öz tarixidagi eng qimmatbaho xaridni amalga oşirişi mumkin. Bungaça bu boradagi eng yuqori körsatkiç 2014 yilning yozida "Real"dan 59,7 mln funt evaziga Anxel Di Mariyaning olib kelinişi orqali qayd etilgandi.
Ma'lumot uçun, Ronalduning madridliklar bilan şartnomasi 2018 yilgaça tuzilgan.
Biroz oldinroq, davriy naşrlarda "Real"ning yangi boş murabbiyi Rafael Benites hamda portugaliyalik uşbu hujumçi örtasida davomli nizolar röy berayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, Ronaldu 2009 yilda "MYu"dan 80 mln yevro evaziga "Real" safiga ötgandi.
Qayd etiş joizki, 23 iyul kuni "MYu" Di Mariyani 65 mln yevro evaziga "PSJ"ga berib yuborgani ma'lum qilindi.






