AQŞ Maxsus xizmatining bir neça yuzlab xodimlari AQŞ prezidenti Barak Obamaning Keniya poytaxti – Nayrobiga kelişidan avval mamlakatda misli körilmagan darajadagi xavfsizlik çoralarini körişmoqda. Xizmat xodimlari Oq uy boşliği safarida çoğida uning korteji yuradigan qöçalar va töxtaş joylarini közda keçirib çiqişdi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.

Obamaning xavfsizligini ta'minlovçi xodimlar soni şunçalik kattaki, ularni Nayrobining markazida joylaşgan uçta katta mehmonxonada joylaştirişga töğri keldi.

AQŞ Maxsus xizmatining köp sondagi xodimlarini jalb qilişdan taşqari, Obama xavfsizligini ta'minlaş böyiça boşqa çoralar ham körildi – Nayrobiga bir neça kun avval AQŞ maxsus xizmatlari xodimlari samolyotda maxsus aloqa vositalari va texnika olib kelişdi. Bundan taşqari, Keniya sohillari yaqinida bir neçta AQŞ kemalari joylaştirilgan.

Obama Nayrobida safari davomida xavfsizlikni ta'minlaş nuqtai nazaridan dunyoda eng yaxşi limuzinlardan hisoblanadigan lyuks sinfidagi Beast limuzinda harakatlanadi. Avtomobilning himoyasi katta kalibrli quroldan töğri tegişga çidamli bölib, avtomobil salonida kimyoviy hujum vaziyati uçun kislorod niqoblari mavjud. Zirhli maşina közni yoşlatuvçi gazli puşkalar bilan jihozlangan. Avtomobil içida zarurat tuğilganda işlatiş uçun prezidentning qoni solingan idişlar ham joylaştiriladi.

Keniya hukumati öz tomonidan 10 ming politsiyaçini, ya'ni mamlakatdagi butun politsiyaçilarning 25 foizini ajratdi. Şu bilan birgan Keniya havo hududi Obamaning Nayrobiga kelişidan 50 daqiqa avval va u jönab ketganidan keyin 40 daqiqa davomida yopib qöyiladi.

Obamaning Afrika böylab safari 23-28 iyul kunlari bölib ötişi möljallangan. Obama Keniya va Efiopiyaga taşrif buyuradigan birinçi AQŞ prezidenti böladi.