23 iyul kuni Toşkent şahar "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonuni loyihasi muhokamasiga bağişlangan davra suhbati taşkil etildi. 

Amaldagi qonunda dorixonani boşqariş faqatgina oliy ma'lumotli farmattsevtgagina ruxsat etiladi degan me'yor belgilangan edi. Lekin bugungi kunga kelib, amaliyotni hisobga olgan holda oliy ma'lumotli farmatsevt provizorlar bilan birgalikda örta maxsus ma'lumotga ega bölgan assistent farmatsevtlarga ham ruxsat etilişi belgilab qöyildi.

Amaldagi qonunda dorixonaga tibbiy muassasa deb ta'rif berilgan. Bugungi kunda amaliyotdan kelib çiqib dorixona nafaqat tibbiy muassasa balki taşkilot tuşunçasiga özgartirildi.

Qonun loyihasidan yangi "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaş, taşiş va yöq qiliş", "Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni olib kiriş va olib çiqiş tartibi" kabi qator yangi moddalar ham joy olayotgani qizğin muhokamalarga sabab böldi