Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi Paxtalisoy qişloğida elektr energiyasi böyiça qarzdorlar röyxatida bu yerda yaşamaydigan va hattoki muqaddam vafot etganlar nomlari ham qayd etilgani aniqlandi. Bu haqda "Adolat közgusi" naşrida yozilgan.
Ma'lum qilinişiça, bu qişloqda kuniga 1-2 soat davomida elektr energiyasi yoqiladi. Şunga qaramasdan, davlat xizmatçilari, xususan öqituvçi va şifokorlarning maoşidan har oyda 100-150 kilovatt uçun tölov olib qolingan.
Çiroqçi tumani prokurori O. Payanov qayd etilgan kamçiliklar bartaraf etilişi uçun tegişli çoralar körilişini ma'lum qilgan.






