Toşkentlik kirakaş, 1991 yili tuğilgan Toir Mansurov mast yölovçiga maşinasini haydaşga berib, söng uni maşinani olib qoçişda aybladi. Bu haqda “Ogoh” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, bir kuni keçki payt uning Matiz rusumli maşinasiga Sanjar Murodov dösti Javlon bilan ötirgan. Sanjarning kayfi balandligi bois u yarim yölda maşinani töxtatişni sörab, toza havoga çiqqan.
Öziga kelgaç, u Mansurovdan maşinasini haydaşga berib turişni söradi, bunda ozgina haydab, tez qaytib kelişini aytdi. Buning evaziga u Mansurovga 100 ming söm berdi. Şunda kirakaş ham rozi böldi.
Yölda ketayotib, mast haydovçi yöl ikkiga ayrilgan joydagi beton ustiga çiqib ketdi. Qörqib ketgan Murodov maşinani taşlab qoçib ketdi.
Ança vaqt maşinaning qaytişini kutib, sabri tugagan Mansurov xavotirga tuşib, militsiyaga murojaat qildi va Murodovni maşinani öğirlab ketişda ayblandi. Tezkor tekşiruv natijasida maşina yöl yoqasida,
beton tösiq ustiga çiqib ketgan holatda topildi.
Ammo iş yuzasidan kirakaşning özi jazolandi. U yolğon ariza berişda, birovni öğrilikda ayblaşda va mast odamga pul evaziga öz maşinasini berişda ayblandi.