Turkiya harbiylari “IŞID” terrorçilik guruhi jangarilarining Suriya çegarasidagi pozitsiyalarini yöq qildi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
“IŞID” tarafdorlarining turk çegaraçilariga hujumi oqibatida bir nafar askar halok bölib, yana bir neça nafari yaralangan edi. Jangarilar bilan çegaraçilar orasidagi otişma Turkiyaning janubida joylaşgan Kilis viloyatida yuz berdi. Bunga javoban turk armiyasi jangarilarning pozitsiyalariga qarata öt oçdi.
Kilis viloyati gubernatori Tapsiz Turk bergan ma'lumotlarga köra, otişma oqibatida jangarilar katta talofat körgan.






