Turkiya va Suriya çegarasida 2015 yilning birinçi yarmi davomida noqonuniy ravişda harakatlangani uçun qölga olinganlardan 3 nafari Özbekiston fuqarolari ekani ma'lum qilindi.

Anadolu naşrida yozilişiça, bu muddat davomida Suriya bilan çegarada jami 457 nafar xorijliklar IŞID safiga ötiş uçun ketayotgani gumon qilinib, qölga olingan. Qölga olinganlarning dunyodagi 32 davlatga mansubligi qayd etilgan bölib, şulardan 3 nafari özbekistonlik, 29 nafari turkmanistonlik, 6 nafari tojikistonlik va bir nafari qozoğistonlik ekani aniqlangan.

Turkiya maxsus xizmatlari ularning barçasini terroristik taşkilotlar bilan aloqadorlikda gumon qilgan.