2014 yilda Özbekiston hududi böylab temir yöl yoqalarida ötayotgan poyezdlarga toş va boşqa qattiq jismlar uloqtiriş orqali 15 marta poyezdlarning derazalari sindirilgani qayd etilgan. Şunday holatlarning 4tasida "Afrosiyob" poyezdlari jabrlangan.
Ma'lum qilinişiça, ötgan yilda Toşkent viloyati hududida 6 marta, Sirdaryo viloyati hududida 4 marta, Samarqand viloyatida 3 marta, Buxoro va Farğona viloyatlarida bir martadan şunday holat yuz berişi kuzatilgan.
Joriy yilning birinçi yarmida esa, bunday holatlar ötgan yildagiga nisbatan ortgan. Ya'ni hozirgaça 10 marta (bir holatda "Afrosiyob" poyezdi bilan) bezorilar poyezd yölovçilarining hayotiga tahdid qilgan holda poyezdlarga toş otib, davlat mulkiga zarar yetkazişgan.
Joriy yilda "Afrosiyob" poyezdiga toş otiş orqali, poyezd derazasini sindirgan 18 yoşli yigit qölga olingan va sud qilinib, unga 4 mln söm miqdoridagi jarima jazosi belgilangan.
Şuningdek, qayd etilgan holatlarning barçasida aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan tegişli tartibda jazo çoralari qöllanilgan.






