Toşkentga işçi safar bilan kelgan AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça birinçi örinbosari Riçard Xougland Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşuv ötkazdi.

Xougland bu uçraşuv natijalari böyiça jurnalistlarga bayonot berdi.

“Turkiston-press” axborot agentligining ma'lum qilişiça, Xougland Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar juda sermahsul bölganini ta'kidlab ötdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi ba'zi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida, şuningdek, Yangi Ipak yöli konsepsiyasi hamda AQŞning bu Ipak yöli mintaqadagi barqarorlik va farovonlikka qanday xizmat qilişi borasidagi qaraşlari muhokama qilindi.

Uçraşuvda, şuningdek, Afğoniston bilan boğliq masalalar, xususan, bu mamlakat tomonidan Markaziy Osiyoga solinayotgan tahdidlar haqida söz yuritildi.

“Men ehtiyotkorlikni talab qiladigan muayyan xavf darajasi borligini inkor etmayman. Va albatta IŞID borasida sinçkov böliş kerak.

Afğonistonda xavfsizlik sohasi borasida böşliq paydo bölmaydi deb işonaman – men bu boradagi xavotirlanişni tuşunaman. AQŞ va bizning xalqaro hamkorlarimiz Afğonistonda talab etilgan harbiy operatsiyalarning katta qismini vijdonan va röyirost bajardilar”, deb aytmoqda Xougland.

“Özbekistonning Afğonistonning rivojlanişiga qöşgan hissasi sifatida Hayratondan Mozori-Şarifgaça qurilgan temir yöl qurilişini aytiş mumkin. Bu Afğonistondagi temir yöl tizimini rivojlantirişdagi birinçi qadam böldi. Özbekistondan Qobulga elektr energiya taqdim qilinişi bu yordamga yana bir misol böla oladi”, deb ta'kidladi diplomat.