«Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger jamoa direktorlar kengaşi a'zosi Filip Xarrisning hisob-raqamda 200 million funt borligi haqidagi gapiga öz munosabatini bildirdi.
«Uning sözlaridan foyda bormi yoki yöqmi, bilmayman. U haddan taşqari çuqurlaşib ketdi. Bu notöğri. Hozir vaziyat şundayki, agar imkoniyat yuzaga kelsa, transfer borasida nimadir qilişga harakat qilamiz.
Ötgan haftada biz Sançes va Uelbeksiz gol urdik. Çiziqlarimiz mustahkam, tarkibimiz kuçli. Men xotirjamman. Agar imkoniyat yuzaga kelsa, transfer bozorida kimnidir qölga kiritişga urinib köramiz.
Raqiblarimiz, agar ular buni çindan ham xohlayotgan bölsalar, pul sarflaşmoqda. Buning hayron qoladigan joyi yöq. Bankda pullarning borligi foydani anglatmaydi. Sönggi olti oy içida biz pul sarf qildik. Bankda 200 million funt böla turib ham bankrot böliş mumkin. Bu borada juda ham çuqurlaşişni istamayman.
Moliyaviy ahvolimiz yaxşi, moliya tomonlama muammo yöq. Barça e'tiborni futbolga, tarkibimizga keladigan öyinçilarimizning sifatiga e'tibor qaratişimiz kerak, ularning narxiga emas», – deydi Venger.
1 kun oldin "Arsenal" jamoasinin direktorlar kengaşi a'zosi Filip Xarris hisob-raqamda 200 million funt borligi va buning evaziga Venger Messi yoki Ronaldudan boşqa har qanday futbolçini olib keliş imkoniga egaligi, şuningdek "Tottenhem" "Arsenal"dan taraqqiyot böyiça 5 yil ortda qolayotgani haqida fikrlarini bildirib ötgandi.






