Ruminiya sudi 89 yoşli Aleksandr Vişineskuni genotsid amalga oşiriş ayblovi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Ruminiyada bunday işlar 1989 yilda mamlakatning sobiq prezidenti Nikolaye Çauşeskuning qatl etilişidan buyon körilmagan edi.
1956-1963 yillar davomida Vişinesku işlagan Rimniku-Serat qamoqxonasida önlab siyosiy mahbuslar vafot etgan. Tergov ma'lumotlariga köra, sobiq qamoqxona xodimi Vişinesku mahbuslarni urar, oçlik bilan tinkasini quritar, ularga tibbiy yordam körsatilişiga yöl bermasdi. Uning bu xarakatlari oqibatida kamida 12 mahbus halok bölgan.
Vişineskuning özi faqatgina buyruqni bajarganini aytmoqda.
1947 yildan Ruminiya elitasining yarim millionga yaqin vakili Rimniku-Serat qamoqxonasining mahbusiga aylangan. Siyosiy mahbuslar qamoqxonada çidab bölmas şaroitlar, dori-darmonlar yöqligi va qiynoqlar amalga oşirilişi ustidan şikoyat qilganlar. Qamoqxona 1963 yilda yopib yuborilgan.






