1 avgustning qanday kun ekanligini umrida bir marta bölsada abituriyent bölgan kişi yaxşi tuşunadi. Ertalabdan jamoat transportlari töla, şahar xuddi katta bozorga aylanib qolgandek barça qayoqqadir şoşgan, hayajonlangan,butun borliğini unutgan. Soat tongi töqqizdan keyin esa, xuddi katta bir dastur öçirib qöyilganidek atrof sukunat quyniga ğarq böladi. Imtihonlar boşlanadi. Test topşirayotgan abituriyentgina vaqtning qanday tez ötganini yaxşi his qiladi. Uning uçun imtihon uçun ajratilgan uç soat uç daqiqadek tuyuladi.
Xullas bularning bari ruhiy bosimni keltirib çiqaradi va irodasi sustroq, hayajonga beriluvçan abituriyentni ketma-ket xatolar qilişiga sabab böladi. Aql bilan ruhiyat har doim ham uyğunlaşavermagan. Ular har doim insonni mustaqil boşqarişga harakat qilib kelişgan. Hissiyotga berilgan aqlini, aqliga quloq solgan hislarini boy berganini hayot yöllarining turli bekatlarida guvoh bölganmiz.
Imtihonlarga tayyorlanişayotgan, şundoq ham vaqtlari tiğiz abituriyentlarning vaqtini olmagan holda ruhiy quvvat böla oladigan eng yaxşi beş maslahatni ularga ilinişni lozim topdik.
1. Miyangizdagi “ZOOM”ni öçirib qöying
1 avgust kuni tong sahardan uyğonganizdan barça narsa közingizga ikki-uç baravar yiriklaşgandek tuyuladi. Hayajon, taşviş ham şular jumlasidandir. Ular odamni ezib qöyadi. Bunga miyadagi ba'zi bir funksiyalar sababçi. Ularni batamom uzib qöyiş uçun özingizni çalğitişga, kayfiyatni barqarorlaştiradigan narsalarga e'tibor qaratişga harakat qiling. Köpçilik kayfiyatni kötaradigan narsalar bilan kayfiyatni barqarorlaştiradigan narsalarning unçalik farqiga bormaydi. Kayfiyat zumda kötarilişi, zumda tuşişi mumkin. Ammo u barqaror bölsa, unça-bunça narsa uni özgartira olmaydi.
1 avgust kuni tong sahar turing, muzdekroq suvda yuvining va tahorat oling. Endi bözarib kelayotgan osmonga qarab, butun koinot haqida bir zum tafakkur yuriting. U tinimsiz harakatda, murakkab harakatda. Sizning imtihoningiz uning oldida heç gapmas. Bu haqda öylab qalbiningiz biroz tölqinlanganini sezsangiz, duoga qöl oçib, Yaratgandan yaxşilik tilang. Öqişga kirişingizni emas, balki yaxşilik tilang. Bu ikki tilak örtasida osmon bilan yerça farq bor.
2. Siz yakkamaxov emassiz
Köçaga çiqqaningizda xuddi odamlar sizni ajratib qöyişgandek, jamiyatda örningiz yöq odamdek bir çetda xumrayib yurmang. Atrofga tabassum bilan boqing. Qarang, qanday çiroyli köçalar, gözal binolar, istarali çehralar...
Yon-atrofningizdagilarga qöldan kelgança, albatta, salom bering. Buning kuçini imtihonda ötirganingizda his etasiz.
3. Xayolingizdagi panoramani özgartiring
Bu panoramaning asosiy vazifasi sizni vahimaga soliş böladi. “Kira olmasang nima böladi”, “Sendan zörlari ham bor...”, “Bilimi yetarmikan?..”. bularning bari öşa buzilib qolgan panoramaning işi. Uni darrov töğirlang. Qanday deysizmi? Özingizga özingiz xammasi yaxşi bölişini uqdiring. Kino körişni yoqtirasizmi? Yoki badiiy kitob? Ulardagi qahramonlar obraziga kiring. Xuddi öşa insonga aylaning. Barçasi a'lo böladi.
4. Uzun va kerakli orzularga aslo berilmang
Bu eng çalğituvçi narsadir. Oliy öquv yurtini, şaharni, qizlar yoki yigitlarni körib heç qaçon ha, heç qaçon keraksiz orzularga berilmang. Ya'ni, talaba bölsam maza qilib yuraman, kafe, kino, qarindoş-uruğ, mahalla-kuy oldida obröyim oşadi, kabi bema'ni fikrlar sizni omadsizlik sari yuzlantiradi, maqsadinigizdan çalğitadi. Bir qoida borki, Yer sayyorasi yaralgandan beri amalda: “Inson niyatiga qarab maqsadiga yetadi, amaliga qarab emas”. Şu bois niyatni töğirlang. Oldingizga oliy maqsadlarni qöying.
5. Barça unutgan oltin qoida
Payğambarimiz s.a.v hadislarida şunday gap keladi: “Bismillahsiz boşlangan har bir işning oxiri kesikdir”.
Bu rivoyat yoki hikoyat emas, bu ayni haqiqat. Bu diniy ta'limot emas, bu ota-bobolarimiz qöllab kelgan milliy qadriyatdir. Unga şunçaki işoniş kerak, amal qiliş kerak xolos.
P.S: Hurmatli abituriyent! Orzularingiz röyobga çiqib, talaba bölişingizni bizning ijodiy jamoa çin yurakdan istab qoladi. Vatanga, jamiyatga nafi tegadigan inson bölib kamol topişingizda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Xabardor.uz / Sarvar Anvar öğli tayyorladi.






