25 iyul kuni Kamerundagi Marua şahrida "Boko haram" taşkiloti a'zosi bölgan terrorist özini portlatişi natijasida halok bölganlar soni 19 nafarni, jarohatlanganlar soni esa 62 nafarni taşkil etdi.
Reyter naşrida yozilişiça, jangari özini şahardagi bar içida portlatgan. Guvohlarning ma'lum qilişiça, portlaş kuçi şu qadar yuqori bölganki, uning tölqini şaharning turli qismlariga ta'sir körsatgan.
Qayd etilişiça, jangarilar Kamerunda faoliyatini kengaytirmoqda. 13 iyul kuni ham mamlakat şimolidagi Fotokol şahridagi barda terakt uyuştirişi natijasida önlab kişilar halok bölgandi.






