OAVlarda ma'lum qilinişiça, biroz muqaddam PSJ jamoasi Madridning “Real” jamoasiga hujumçi Kriştianu Ronaldu borasida rasmiy taklif bilan çiqqan.
AS naşri “qirollik klubi”ga portugaliyalik super yulduz uçun naqd 120 million yevro taklif etilgani haqida yozgan. Ammo “Real” hali beri Ronaldu bilan xayrlaşiş niyatida emas va şu boisdan moliyaviy jihatdan juda ajoyib taklif rad etilgan.
Şuni alohida ta'kidlaş joizki, mazkur transferning amalga oşişi uçun PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfiyning şaxsan özi “Real” rahbari Florentino Peres bilan uçraşgan. Ammo Peres Xelayfiyga Ronalduning narxi bir milliard ekanini aytgan.






