Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saudning dam olişga yetib kelişidan bir neça soat oldin Fransiya jamoatçiligi bunga öz noroziligini bildirdi. Bu haqda mahalliy OAVdan ma'lum böldi.
Saudiya monarxi Fransiya janubiga şaxsiy safar bilan dam oliş uçun taşrif buyuradi. Valloris nomli kurort şaharçasida u bir oy vaqtini ötkazadi. Sayohatda uni ming kişi muntazam ravişda kuzatib boradi. Ammo bu holat mahalliy aholi vakillarining noroziliklarini keltirib çiqarmoqda.
Gap şundaki, qirol hukumatdan “Mirandol” plyajini tölaligiça yopib qöyişni söradi, u yerdan uning köp sonli xizmatçilari va xodimlari bemalol foydalana olişi uçun. Parij uning iltimosini qondirdi. Politsiya plyajga kirişni tölaligiça berkitib qöydi. Bu borada mahalliy hokimiyat qabul qilgan dekret bir oy davomida kuçda böladi.
Buni şaharça aholisi haqorat deb qabul qildi. “Hukumatimiz kim bu yerda mezbon, kim mehmon ekanligini unutib qöyişdi şekilli”, – deydi şahar ma'muriyati vakili Jan-Noel Falku.
Vallorisliklarning talabnomasi allaqaçon 100 ming imzo töpladi. Şahar aholisi 30 ming kişini taşkil qiladi.