Frantsuz fermerlari Germaniyadan mamlakat hududiga oziq-ovqat mahsulotlari ortgan yuk maşinalari kirib kelişini töxtatib qöyişyapti. Bu haqda Agence France Presse xabar berdi.
Fermerlar içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin tuşişiga qarşi şunday çora körişga qaror qilişgan. Taşabbuskor guruhlar Germaniya bilan çegaradagi 6ta yölda mustaqil ravişda nazorat punktlarini taşkil qilişgan.
"Biz şu vaqtgaça Germaniyadan qişloq xöjalik mahsulotlari olib kelayotgan 300ga yaqin yuk maşinasini ortiga qaytarib yubordik", deydi fermerlar uyuşmasi a'zolaridan biri.
Ma'lum qilinişiça, uşbu jarayonda 1000 nafardan ortiq fermer iştirok etmoqda.
Fransiya janubidagi fermerlar ham şunday harakatlarni olib borişmoqda va ular Ispaniyada kirib keladigan yöllarda yuk maşinalarini tekşirişmoqda.






