Abituriyentni pora evaziga intsitutga qabul qilişga harakat qilgan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti xodimi qölga olindi. Bu haqda "Na Postu" naşrida yozilgan.

Ma'lum bölişiça, Sardor ismli yigit institutga kiriş imtihonlaridan öta olmaganidan keyin ham, qöşimça örinlar oçilişiga umid qilgan holda öz hujjatlarini qaytarib olmasdan, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining Yaşnabod tumanidagi internat-maktabida futbol bilan şuğullanişda davom etgan.

Kunlardan bir kuni Sardorning dösti Şavkat uni bu borada yordami tegişi mumkin bölgan odam hisoblangan institut murabbiylaridan biri bilan taniştirib qöygan. Sardor va Şavkatning ota-onalari bu murabbiyga öz farzandlarining qöşimça örin asosida öqişga kirişlarini ta'minlaşi uçun 8 ming dollar berişgan.

Murabbiy bolalarning öqişga kirgani töğrisida qalbaki hujjatlar tayyorlab, şartnomani tölaş uçun kvitansiya bergan. Unda murabbiyga tegişli «Xuş kelibsiz» firmasining hisob raqami körsatilgan bölgan. U olingan pullarni özining şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. Bolalar esa öqişga kirişmagan.

Firibgar bilan boğlanişning ilojini topa olişmagaç, ota-onalar militsiyaga murojaat qilişgan.
Ayni vaqtda murabbiy huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olingan va pullar qaytarilgan.