Avstraliyaning Perte şahridagi hayvonot boğida Sumatra orangutanining antiqa urğoçisi qafasdan qoçib ketib, boğ hududi böylab bamaylixotir sayr qilib yurdi. Bu haqda 9news.com.au portali xabar bermoqda.

5 yoşli Teliti laqabli uşbu orangutan özining onasi Puteri bilan yaşagan qafasdan çiqib keta oldi. Teliti taşrif buyuruvçilar uçun möljallangan yölakda yurganda payqab qolindi. Orangutanning qölida suvli idiş bölgan.

Hayvonot boğida ta'kidlanişiça, Teliti “juda kirişimli va qiziquvçan” yoş orangutan bölgani uçun özini antiqa tutgan. Maymun biroz boğ sarhadlarini aylanib çiqib, öz “yaqinlari” bilan böliş köproq maroqli ekanini tuşunib yetgan.

Hayvonot boğida voqea batafsil tergov qilinmoqda.