Portugaliyaning Montemor-o-Velo şahrida ösmir-yoşlar örtasida ötkazilgan jahon çempionatida özbekistonlik sportçilar kanoe böyiça bölib ötgan musobaqalarda 2ta kumuş va bitta bronza medaliga sazovor bölişdi.
Artur Guliyev 200 metr masofaga bir kişilik qayiqda kumuş medalga sazovor bölgan bölsa, ikki kişilik qayiqda 200 metr masofaga ötkazilgan poygada Nilufar Zokirova va Dilnoza Raxmatova marra çiziğini ikkinçi bölib bosib ötişdi.
Dilnoza Raxmatova esa 500 metr masofaga kanoeda eşkak eşiş böyiça ötkazilgan musobaqada bronza medali sohibasi bölgan.
Ğoliblar 29 iyul kuni soat 6:30da Özbekistonga qaytib kelişadi.






