Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şveytsariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida qurollaniş poygasidagi faollaşiş AQŞ sababli yuz berayotganini ta'kidlab ötdi.

“Qurollaniş poygasidagi faollaşiş AQŞ bir tomonlama tartibda Raketalarga qarşi mudofaa şartnomasidan çiqib ketgandan keyin boşlandi. Çunki bu şartnoma xalqaro xavfsizlik tizimining asosi edi. AQŞ undan çiqib ketib, özining strategik mudofaa global tizimi doirasida raketalarga qarşi mudofaasini yaratişni boşlaganida, biz kuçlarning strategik muvozanatini saqlab qoliş uçun darhol bunga javob qadamlari qabul qilişga majburligimizni aytgan edik”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy anjumanida AQŞning Raketalarga qarşi mudofaa şartnomasidan çiqişi yangi “sovuq uruşga” olib kelişi mumkinligini aytgan edi.