Suvga tramplindan sakraş böyiça xitoylik sportçi Sii Se 2015 yilda Qozonda ötkazilgan suv sport turlari böyiça jahon çempionatida olgan oltin medalining sifatsiz ekanligidan şikoyat qildi.
Sportçi medalning orqa tomonida tasvirlangan börtib çiqqan jahon xaritasining töğriligiga şubha bildirdi. Xususan, unga xaritada Xitoyning tasvirlangan örni yoqmadi. Se musobaqalar taşkilotçilaridan özining medalini boşqasiga almaştirib berişni söradi.
Musobaqalar taşkiliy qömitasida sportçiga özining medalini AQŞlik Mayk Xiksonning bronza medali bilan soliştirişni taklif qildi. Xitoylik heç qanday farqlarni aniqlamadi, biroq uning oltin medali almaştirib berildi.
Qozondagi jahon çempionatida berilgan medallar “Suv çuqurligi” uslubida bajarilgan. Bu ğoya mualliflari öz oldilariga suyuqlik effektini beriş vazifasini qöygan edilar. Medalning bir tomonida çempionat ramzi, ikkinçi tomonida esa jahon xaritasi tasvirlan va Suziş sporti böyiça xalqaro federatsiyaning ingliz tilidagi qisqartmasi – FINA yozilgan.






