AQŞning Filadelfiya ştati jarrohlari birinçi marta 8 yoşli Zion Xarvi ismli bolaning qöl panjasini köçirib ötkaziş amaliyotini ötkazdi. NBC News telekanalining xabar berişiça, uning panjasi bolaligida kesib taşlangan edi.
Amaliyotda 40 nafar jarroh iştirok etdi. Guruhga doktor L. Skott Levin boşçilik qildi. Mutaxassisning sözlariga qaraganda, 2011 yili katta yoşdagi odamda ötkazilgan şu turdagi amaliyot navbatdagi tajriba uçun zamin vazifasini ötab bergan.
Levinning qöşimça qilişiça, bolalar suyagining nozikligi amaliyot çoğida qöşimça qiyinçiliklar tuğdirdi.
Xarvi ikki yoşida hayot uçun xavfli infeksiyaga uçragani bois qöl va oyoqlaridan mahrum bölgan edi. Ammo bolakay umidini uzmagan. U özida ötkazilgan jarrohlik amaliyotini “orzularning uşalişi” deb baholadi.






