Moskvaning TsSKA klubi öz maydonida Çempionlar Ligasi saralaş bosqiçining 3-raundida Praganing “Sparta” klubini yuta olmadi. Uçraşuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi. TsSKA safida Alan Dzagoyev va Zoran Toşiç öz hisoblariga bittadan gol yozib qöydilar. TsSKA öyinçisi Natxo 29-daqiqada belgilangan 11 metrlik jarima töpini bajara olmadi.

Çempionlar Ligasi. 3-saralaş raundi. 1-uçraşuv

TsSKA (Moskva, Rossiya) – «Sparta» (Praga, Çexiya) – 2:2.
Gollar: Dzagoyev, 14; Toşiç, 53 – Fatay, 15; Kreyçi, 57.
Ogohlantirişlar: Toşiç, 52; Natxo, 86; Vernblum, 86; Strandberg, 90 – Golek, 31; Kreyçi, 44; Fatay, 45+1; Mateyovski, 68.

Javob uçraşuvi 5 avgustda Pragada bölib ötadi.