"Donetsk xalq respublikasi" ta'lim vaziri Igor Kostenkaning ma'lum qilişiça, 2015 yilda Rossiyadagi maktab va kollejlarni tamomlagan 160 nafar atrofidagi bitiruvçilar "DXR"dagi oliy öquv yurtlariga kiriş uçun hujjat topşirişgan. Bu haqda "Izvestiya" naşrida yozildi.
Öz navbatida Donbassdan Rossiyaga 600ga yaqin bitiruvçilar ta'lim oliş maqsadida yöl olişgan.
"Rossiyadan keluvçilarning aksari Donetsk milliy texnika universiteti, Donetsk milliy universiteti hamda Donetsk milliy iqtisodiyot va savdo universitetiga hujjat topşirişgan", deydi Kostenka.
Uning qöşimça qilişiça, rossiyalik talabalar Donbassdagi oliygohlarda öqişni tamomlaganidan keyin ikkita davlat diplomi (Rossiya va "DXR") egasi bölişadi.
"DXR" Dumasining ta'lim masalalari böyiça qömitasi rahbari örinbosari Vladimir Burmatov rossiyalik yoşlar Donbassga öz xohişlari bilan kelişayotgani, bu yerdagi ta'lim dasturiga katta qiziqiş bildirişayotganini ta'kidlagan.
Öz navbatida Rossiya talabalar uyuşmasi rahbari Yuriy Nakoneçniyning fikriça, talabalar Donbassdagi OÖYularga kiriş oson bölişiga umid qilgan holda hujjat topşirişmoqda.
"Menimça, Donetskdagi ta'lim muassasalari rossiyalik abituriyentlar uçun zaxira varianti hisoblanadi. Bundaylarning aksari Rostov viloyatidan. Rostov va Taganrogdagi oliygohlarda esa yangi öquv yili arafasida byudjyet örinlari teng yarmiga qisqargan", deydi Nakoneçniy.






