Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining öğli Sayfulislom ölim jazosiga hukm qilinganidan söng uning rafiqasi Nadejda Bodnar uşbu hukm faqat qoğozda qolişidan umid qilmoqda.
“U Afrikada, men esa Ukrainada ekanligim bois men hammasini boşqalar kabi OAV orqali bilmoqdaman. Umid qilamanki, e'lon qilingan uşbu hukm faqat qoğozda qoladi, uning de-fakto ijro etilişini istamas edim. Ular insoniylikka qarşi bormaydi va erimni öldirmaydi degan umiddaman”, – dedi Bodnar xonim Latviyaning Baltkom radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Şuningdek, u Sayfulislom Kaddafi bilan oxirgi marta bir neça yil muqaddam Ukrainada körişganini aytib ötdi:
“Oxirgi marta men uni Ukrainada bir neça yil muqaddam körgan edim. 2010 yili Odessada. Şundan söng hammasi boşlandi, bizning özimizda ham ixtilof boşlandi, biz bir neça marotaba telefon orqali suhbatlaşdik, keyin esa u ğoyib böldi, va şundan söng men uni qidirişga harakat qilmadim, çunki bu men va mening farzandlarim uçun xavfsiz bölmas edi”.
Bodnarning fikriça, Sayfulislom öz siyosiy faoliyati davomida Liviyani dunyoviy davlatga aylantirişga harakat qilgan.