Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xalqaro savdo taşkiloti direktori Roberto Azevedo bilan birga mamlakatning taşkilotga qöşilişi töğrisidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

20 yil davom etgan muzokaralar natijasida Qozoğiston uşbu taşkilotga qabul qilingani bir muddat ilgari xabar qilingan edi. Qozoğistonning savdo alyansiga a'zo bölişiga bağişlangan tantanali marosim bugun Jyenevada bölib ötmoqda. U yerdagi delegatsiyaga mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev boşçilik qilmoqda.

XSTning boş kengaşi Qozoğistonning qabul qiliniş jarayonini tartibga soluvçi hujjatlar paketini bir ovozda ma'qulladi. Qozoğiston şu yil oxirida taşkilotning 162-a'zosiga aylanadi.

Ilgariroq uşbu taşkilotga a'zolik tufayli Qozoğistonda import mahsulotlari arzonlaşişi xabar qilingan edi.