UYeFAning amaldagi rahbari Mişel Platini FIFA prezidentligi uçun saylovga öz nomzodini qöyişi haqida rasman ma'lum qildi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida e'lon qilingan.
"Men juda köp öylaşlardan keyin, futbolning va özimning kelajagim uçun qaror qabul qildim. Men FIFA rahbarligiga saylansam, sizlarning kömak va qöllab-quvvatlarişingiz bilan iş olib boraman.
Şunday vaqtlar böladiki, öz taqdiringni özing hal qilişing kerak. Men bu qarorim öz taqdirim va FIFA kelajagida buriliş nuqtasiga aylanişini his qilmoqdaman", deydi Platini.
Eslatib ötamiz, FIFAning yangi rahbarini aniqlaş uçun 2016 yilning 26 fevralida saylov ötkaziladi. Hozirgaça braziliyalik murabbiy Ziko hamda argentinalik Diyego Armando Maradona bu saylovda iştirok etiş niyatini ma'lum qilgan. FIFAning amaldagi rahbari Yozef Blatter esa 2 iyun kuni taşkilotda poraxörlik bilan boğliq mojarolar boşlanganidan keyin muddatidan avval öz lavozimini tark etişga qaror qilgandi.






