Rossiya basketbol federatsiyasi idorasiga Xalqaro basketbol federatsiyasi – FIBA’dan Rossiyaning barça terma jamoalari xalqaro musobaqalardan çetlatilgani haqida maktub kelib tuşdi.
Bunga Rossiya basketbol federatsiyasidagi mojarolar va navbatdan taşqari hisobot-saylov anjumanining belgilanişi sabab böldi.
Şu tariqa, basketbol böyiça 16 yoşgaça va asosiy Rossiya erkaklar va ayollar terma jamoalari yaqin orada mojarolar barham topmasa, Yevropa çempionatida iştirok etmasligi mumkin.
Avvalroq FIBA Rossiya sport vazirligidan Rossiya basketbolidagi muammolar böyiça tuşuntiriş berişni talab qilgan edi. Federatsiyada unga qarşi sud da'vosi böyiça muammolar yuzaga keldi. Sud da'vosi Moskva şahri Xamovniç tuman sudi tomonidan qondirildi va sud RBF zimmasiga 60 kun içida taşkilotning yangi rahbari saylanişi kerak bölgan anjumanni ötkaziş majburiyatini qöydi.






