Tolibon harakati Afğoniston hukumati bilan tinçlik kelişuviga erişişi mumkin. Bu haqda Oq Uyning rasmiy vakili Erik Şults bayonot berdi.
“Biz Tolibonda Afğoniston hukumati bilan tinçlik kelişuviga erişib, mamlakatda barqarorlik örnatiş imkoniyati bor deb hisoblaymiz”, – uning sözlarini keltiradi Reuters agentligi.
“Tolibon Afğoniston hukumatining taklifiga könib, tinçlik jarayoniga qöşilişi va mamlakatdagi siyosiy tizimning qonuniy bölagiga aylanişi mumkin. Aks holda ular hukumat bilan kuraşni davom ettirib, öz mamlakatlarini beqarorlaştirişda davom etadi”, – qöşimça qildi Şults.






