Qozoğistonning Aktobe viloyatida Qudiq-Jom temir yöl yönalişida tarkibida 16 sisterna benzin bölgan yuk poyezdi izdan çiqib ketdi.

Qayd etilişiça, ayni paytda falokat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça çoralar körilmoqda.

Bu haqda “Qozoğiston temir yöllari” MK matbuot xizmati xabar berdi.

“30 iyul soat 15:20 da Aktobe viloyati temir yölining Qandiağaş — Jom qismida Qudiq-Jom yönalişida harakatlanayotgan 2908-raqamli yuk poyezdining 20ta, jumladan benzin ortilgan 16ta vagoni izdan çiqib ketdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Qayd etilişiça, voqea tafsilotlarini tergov qiliş uçun maxsus komissiya taşkil etildi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, qurbonlar va jabrlanganlar yöq.