Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan kiritgan iqtisodiy sanksiyalarining uzaytirilişiga yana 6ta davlat – Çernogoriya, Albaniya, Islandiya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Ukraina qöşildi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerinining e'lonida ma'lum qilindi.
“YeIga a'zolikka nomzod davlatlar Çernogoriya va Albaniya hamda Yevropa erkin savdo uyuşmasining a'zolari Islandiya, Lixtenşteyn va Norvegiya, Yevropa iqtisodiy hududi a'zolari va Ukraina sanksiyalarning uzaytirilişiga qöşiladi”, deyilmoqda xabarda.
Avvalroq YeI Kengaşi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni 2016 yilning 31 yanvarigaça uzaytiriş qarorini qabul qilgan edi.






