Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, joriy yil boşidan buyon meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaşning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va rivojlantirişga doir çora-tadbirlar samarasida 14,7 ming tonna siğimga ega 21 yangi sovutiş kamerasi taşkil etildi va modernizatsiya qilindi, 255 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi.
Joriy yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça 1,3 million tonna kartoşka (ösiş 109 foiz), 2,6 million tonna sabzavot (108,5 foiz), 163 ming tonna poliz mahsulotlari (108,1 foiz), 839,2 ming tonna meva (107,3 foiz) va 24,3 ming tonna uzum (109,1 foiz) yetiştirildi.
21,8 ming gektar maydonda intensiv boğlar va 16,6 ming gektar yerda uzumzorlar barpo etiş hamda ularni rekonstruksiya qiliş, şuningdek, 501 fermer xöjaligi bazasida 264 gektar, 9,3 ming şaxsiy tomorqa xöjaliklarida 399 gektar maydonda issiqxonalar barpo etilişi meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş hajmini köpaytiriş imkonini bergan.






